Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning yanvar oyidagi reytingida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 22-o‘rinni egalladi. Bir yil oldin u 30-o’rinda edi.
Reyting yetakchisi – norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni amerikalik shaxmatchilar Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura egalladi.
Avvalroq, Kursiv Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess 2024 turnirida uchinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.