Xitoy va Qirgʻiziston chegarasida kuchli zilzila qayd etildi

eʼlon qilindi
Uning silkinish kuchi Oʻzbekistonda ham sezilgan
Foto: vchalup2 / www.depositphotos.com

Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi Xitoy va Qirgʻiziston chegarasida 6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Uning silkinish kuchi Oʻzbekistonning uchta viloyatida ham sezilgan. Bu haqida Oʻzbekiston FVV Seysmologik monitoring markazi maʼlum qildi.

Mutaxassislar Toshkent vaqti bilan 03:27 da Toshkent shahridan 800 km uzoqlikda yer silkinishini qayd etishgan. Uning magnitudasi 6,1 ballga teng boʻlgan.

Oʻzbekistonning Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarida 2 balli zilzila qayd etilgan.

22-yanvarga oʻtar kechasi ham qirgʻiz-xitoy chegarasida kuchli silkinishlar ketma-ketligi kuzatilgan edi. Uning silkinish kuchini Qozogʻiston va Oʻzbekiston aholisi ham sezgan. Olmaota shahrida silkinishlar kuchi oʻrtacha 5 ballni tashkil qilgan, undan 40 nafardan ortiq fuqaro jabrlangan.

Avvalroq, «Kursiv» 26-yanvar kuni ham yer silkinishlari qayd etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek