Xalqaro aralash jang sanʼatlari federatsiyasi(IMMAF) 2024-yil oktabr oyida O‘zbekiston poytaxtida IMMAF bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. O‘zR birinchi marta IMMAF tadbiriga mezbonlik qiladi.
Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi bilan birgalikda IMMAF prezidenti Kerrit Braun, shuningdek bosh ijrochi direktori Densin Uayt hamda tashkilotning Osiyo qit’asi direktori va boshqaruv kengashi aʼzosi Vissam Abi Nader ishtirok etishdi.
«Biz Oʻzbekistonning Toshkent shahrida 2024-yilgi IMMAF jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan nufuzli shahar sifatida eʼlon qilishdan mamnunmiz. Biz jahon MMA hamjamiyatini Oʻzbekistonda ajoyib sport musobaqasini nishonlash uchun intiqlik bilan kutamiz”, – dedi IMMAF prezidenti Kerrit Braun.
Oktabr oyida IMMAF 2024-yili jahon chempionati boʻlib oʻtadi, bu Oʻzbekiston terma jamoasining IMMAF-2023 Osiyo chempionatidagi yaxshi janglarini davomi boʻlib, o‘tgan yilgi chempionatda mamlakat oʻsmirlar va kattalar toifasida 20 ta medalni qoʻlga kiritgan edi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi va Sport vazirligi ko‘magida O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi kattalar va o‘smirlar toifalarida IMMAF tarixidagi eng yirik chempionatni o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda.
«Biz 2024-yilgi jahon chempionatini IMMAF tarixidagi eng muvaffaqiyatli va ajoyib musobaqaga aylantirishni intiqlik bilan kutamiz»- dedi O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Hasan Ergashev.
2024-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan IMMAF jahon chempionatida tajribali sportchilar, jumladan, oltin medal sohiblari Muhammad-ali Turg‘untoshev va Asrorbek Anvarjonov ishtirok etishlari kutilmoqda. O’tgan yilgi IMMAF jahon chempionatida kumush medalni qo’lga kiritgan IMMAF o’smirlar o’rtasida yengil vazn toifasida Osiyo chempioni Ug‘iloy Jumanova ham ishtirok etishi katta ehtimoli bor.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkentga Tayson kelganini e’lon qilgan edi. Anjumanga Fyuridan tashqari Mayk Tayson, Evander Xolifild, Vasiliy Lomachenko, Amir Xon, Konstantin Tszyu va boshqa boks olami yulduzlari tashrif buyurishgan edi.