Yangiliklar

Dollar kursi biroz pastladi

AQSh valyutasining qiymati 12,420 so‘mni tashkil etdi
Foto: depositphotos.com

31-yanvar kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha qiymati biroz pasayib, 9,81 so‘mga tushib, 12 420,24 so‘mni tashkil qildi. Xuddi shunday kurs Markaziy banki tomonidan ham belgilandi.

Bugun respublika tijorat banklari AQSh valyutasini 12 360 – 12 410 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 435 – 12 490 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz 30-yanvar kuni dollarning narxi 12 430,05 so‘mni tashkil qilgan edi.