Fevral oyi boshida O‘zbekiston aholisini qanday ob-havo kutmoqda
eʼlon qilindi
Toshkent viloyatida havo harorati -8° gacha tushadi
1-fevral, payshanba kuni O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qor yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Bu hududlarda havo harorati kechasi -3…-8°, kunduzi -2…+3° gacha tushadi.
2—3-fevral kunlari sinoptiklar kechasi 0…-5°, kunduzi +2…+7° iliq bo‘lishini taxmin qilmoqda. 3-fevral kuni shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin (Bofort shkalasi bo‘yicha juda kuchli). Bunday shamolda daraxtlar egilib, piyodalar harakati qiyinlashadi.
Avvalroq, Kursiv 29-yanvar kuni O‘zbekistonda ob-havo yomonlashgani sababli Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopilgani haqida yozgan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar