Google’ni boshqaradigan kompaniya aksiyalari reklama tufayli tushib ketdi
Texnologik gigant Google va uning sho’ba korxonalarini boshqaradigan Alphabet, uning reklama daromadi kutilgandek tez o’smayotganini aytdi. Bu Alphabet aksiyalarining 6%ga pasayishiga olib keldi, deya aniqladi Reuters.
2023-yilning to‘rtinchi choragida Alphabet’ning reklamadan tushgan daromadi $65,5 milliard tashkil etdi.Bu xolding $59 milliard ishlab olishga muvaffaq bo‘lgan bir yil avvalgidan ko‘p. Ammo bu miqdor tahlilchilar taxmin qilganidan kam. Ular Google’ning bosh kompaniyasi $66,1 milliard daromad olishini kutishgan.
«Alphabet’ning reklama daromadlari bo‘yicha umidsizlikka uchragan ko‘rsatkichi butun dunyo bo‘ylab korporatsiyalar markaziy bankning foiz stavkalarini pasaytirish sur’atidan hanuz ishonchsiz ekanliklarini ko‘rsatadi», — dedi Investing.com tahlilchisi Tomas Monteyro.
Vaziyatga Alphabetning sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun uskunalarga investitsiyalarni ko’paytirish to’g’risidagi deklaratsiyasi ham ta’sir ko’rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil aprel oyida Alphabet xolding kompaniyasi $70 milliard aksiyalarni qaytarib sotib olishga ruxsat bergan edi.