Flynas aviakompaniyasining Jiddadan Olmaotaga uchayotgan samolyoti Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. Buni Flightradar24 sayti ma’lumotlari tasdiqlaydi.
Ekipaj Toshkent aeroportiga qo‘nishga qaror qildi, chunki Olmaotada qalin tuman bo‘lib, ko‘rish masofasi 150 m bo‘lgan.
Samolyot O‘zbekiston poytaxtiga 10:41 da qo‘ndi. Samolyot tez orada Qozog‘istonga uchadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FlyDubai Toshkent-Dubay reysini kechiktirgani haqida xabar berilgandi. Samolyot chorshanba kuni ertalab parvoz qilishi kerak edi, biroq texnik sabablarga ko‘ra ertaga, 1-fevralda uchadi.