O‘zbekiston kapital bozorida “qumdon”ga 38 ta davlatdan investitsiya vositachilariga ruxsat beriladi
Xorijiy investitsiya vositachilari O‘zbekiston kapital bozorida «tartibga soluvchi qumdon» doirasida faoliyat yuritishi mumkin. Bu istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) nizomida ko‘rsatilgan.
Agentlik 38 davlatdan iborat roʻyxatni tasdiqladi. Xususan, unga Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya kirdi.
Mazkur davlatlarning investitsiya vositachilariga O‘zR Markaziy bankida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisobvaraqlar, so‘m va valyuta hisob raqamlari ochishga ruxsat etiladi.
«Tartibga solish qumdoni»ga qo‘shilish uchun ILMAga ariza topshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun ustav nusxalari, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organdan litsenziyalar va boshqa hujjatlar kerak bo‘ladi. ILMA tomonidan arizani ko‘rib chiqish muddati 20 dan 30 ish kungacha.
Qayd etish joizki, «tartibga soluvchi qumdon» O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish usullarini joriy etishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Bu tartib xorijiy sarmoyaviy vositachilarga ham mamlakatimizda litsenziya olmasdan ishlash imkonini beradi.
Avvalroq, «Kursiv» Uzinfocom Token.uz blokcheyn tarmog‘ini ishga tushirishini yozgan edi.