Sement zavodlari atrof-muhitga zarar yetkazadi, shu bois O‘zbekiston hukumati bunday inshootlarni qurishga moratoriy e’lon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, dedi mamlakat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov. Uning so‘zlarini «Daryo» agentligi iqtibos qilib keltirmoqda.
«Jizzax viloyatining Zafarobod tumanidagi turizmni rivojlantirsa bo‘ladigan hududda sement zavodi bor, hamma daraxtlar 5−10 kilometr atrofga qadar changdan bo‘lgan ‘plyonka’ga o‘xshash narsa bilan qoplangan“—Abduhakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Vazirning taʼkidlashicha, bugungi kunda sement zavodlari tomonidan ekologik qoidabuzarlik uchun toʻlanadigan jarima miqdori 100-200 mln soʻm bilan cheklangan. Jarima miqdorini 10 mlrd so‘mgacha oshirish taklif qilinmoqda.
“Ochig‘ini aytganda, hozirgi kunda zavodlarimizning quvvati karra-karra O‘zbekistonning, aytaylik, ehtiyojidan ko‘proq. Va hozir mana qaror qabul qilindiki, hech qanaqa yangi sement zavodlarini O‘zbekistonda qurishga… moratoriy eʼlon qilarmiz, ya’ni to‘xtatib qo‘yamiz»— deya qo‘shimcha qildi vazirlik boshlig‘i.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda faoliyat yuritayotgan sement zavodlarining 90 foizi ekologik talablarni buzmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» Oʻzbekistonda 1-maydan boshlab ayrim daryolarda resurslar qazib olishga moratoriy joriy etilganini e’lon qilgan edi.