O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Tadbirda Ursula fon der Leyen ishtirok etadi
Foto: Unsplash

Yevropa Ittifoqi (YeI) va Markaziy Osiyo (MO) davlatlarining sammiti ilk bor 2024-yil aprel oyida boʻlib oʻtadi. O‘zbekiston buni qabul qiladi, dedi Yevropa komissiyasi raisi o‘rinbosari Margaritis Shinas.

Deutsche Welle (DW) portali xabar berishicha, Shinas seshanba kuni Bryusseldagi investitsiya forumida shunday bayonot berdi.

Sammitda Yevropa Ittifoqidan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 yanvar kuni Yevroparlament Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga nisbatan strategiyasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Hujjat Yevropa va mintaqa davlatlari o‘rtasida siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga chaqiradi.

Shuningdek