FMCG gigantlari xaridorlarning iste’moli kamaygani tufayli marjani yo‘qotishi mumkin

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Global savdo o‘sishi sekinlashadi
Foto: netzeroinvestor

FMCG (ko‘p ishlatiladigan iste’mol tovarlari) sohasida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar iste’molchilarning xarid qilishda sustligi tufayli marjani yo’qotishi mumkin. O‘tgan haftada P&G, Colgate va Kimberly-Clark sotuvlar pasayganini e‘lon qilishdi, deya xabar beradi Reuters.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, agar iste’molchilar iste’mol tovarlariga xarajatlarni qisqartirishda davom etsalar, Procter & Gamble va Kimberly-Clark kompaniyalarining marjalari kelgusi choraklarda ham past bo’lishi mumkin.

«Procter & Gamble, Kimberli Klark yoki boshqa birov bo‘ladimi, ularning iste’molchilari inflyatsiya sabab boshdan kechirmoqda va shuning uchun kamroq sotib olish imkoniyati mavjud bo‘lganda brendlar uchun ko‘proq pul to‘lashga tayyor emas», dedi Annex Wealth Management bosh iqtisodchisi Brayan Yakobsen.

2023-yil yanvar oyida Procter & Gamble’ning o‘rtacha sotuv narxi 7 foizga oshdi, dekabrda bu ko‘rsatkich 3 foizni tashkil etdi. Colgate‘da esa shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar 14 foiz va 8 foiz edi.

S&P-500 reytingidagi 10 ta eng yirik iste’molchi kompaniyalardan to‘qqiztasi tahlilchilar kutganidan pastroq daromad olib kelgan.

Sotishning pasayishi ko‘proq kompaniyalarni xarajatlarni nazorat qilish yo‘llarini izlashga olib kelishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Respublikasida eng minimal isteʼmol xarajatlari (MIX) 621 ming soʻm deb hisoblangan edi.

Shuningdek