Germaniya O‘zbekiston fuqarolarini ishga qabul qilishini e’lon qildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Jami 50 ming ish o‘rin ochilgan
                    
                            
Germaniya O‘zbekiston fuqarolari uchun 50 mingta bo‘sh ish o‘rin ochilganini e’lon qildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Nomzodlar zudlik bilan yoki kurslarda qatnashgandan so’ng ishga olinishi mumkin – bu ularning tilni bilish darajasiga bog‘liq. Germaniya tomoni hamshiralar, yuk mashinalari haydovchilari, restoran yoki mehmonxona biznesi va turizm sohasi mutaxassislarini qidirmoqda.
Maoshlar 1 ming yevrodan 2 ming yevrogacha boshlanadi.
Avvalroq, «Kursiv» Yaponiyaning IT-kompaniyalari va universitetlari O‘zbekiston fuqarolarini o‘qitish va ish bilan ta’minlashda yordam berishi xabar qilingan edi.
