Germaniya O‘zbekiston fuqarolari uchun 50 mingta bo‘sh ish o‘rin ochilganini e’lon qildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Nomzodlar zudlik bilan yoki kurslarda qatnashgandan so’ng ishga olinishi mumkin – bu ularning tilni bilish darajasiga bog‘liq. Germaniya tomoni hamshiralar, yuk mashinalari haydovchilari, restoran yoki mehmonxona biznesi va turizm sohasi mutaxassislarini qidirmoqda.
Maoshlar 1 ming yevrodan 2 ming yevrogacha boshlanadi.
Avvalroq, «Kursiv» Yaponiyaning IT-kompaniyalari va universitetlari O‘zbekiston fuqarolarini o‘qitish va ish bilan ta’minlashda yordam berishi xabar qilingan edi.