Jahongir Ortiqxo‘jaev Mediapark’ni sotdi

eʼlon qilindi
Sobiq hokimga tegishli bo‘lgan boshqa kompaniyalar ham sotilgani haqida xabar berilgan
Foto: Vikipediya

Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Mediapark’ni sotdi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bungacha O‘zbekiston OAVlari poytaxtning sobiq hokimi yettita kompaniya, jumladan Mediapark’ni ham sotgani haqida xabar bergan edi.

Ortiqxo‘jaevning so‘zlariga ko‘ra, u oziq-ovqat ishlab chiqarishda «obro’ qozona olmadi» shuning uchun Crafers’ni ham sotdi.

«Men Mediapark’ni sotdim. Men uni o‘sha yerda ishlaydigan odamlarga sotdim. «Ekobozor», AKFA Lighting, Magic City’ni sotdim, shuningdek, Bazalt’ni nemislarga ham sotdim», – deydi u.

«Kursiv» Toshkentning sobiq hokimi aytgan boshqa kompaniyalarga so‘rov yubordi.

Eslatib o‘tamiz, Ortiqxo‘jaev 2023-yil yanvar oyi o‘rtalarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan poytaxt hokimi lavozimidan chetlatilgan edi. Uning ishdan bo’shatilishiga g’ayritabiiy sovuq havoda elektr energiyasining katta uzilishlari sabab bo’lgan.

Avvalroq, «Kursiv» Ortiqxo’jaev «Paxtakor» futbol klubi raisligi lavozimini saqlab qolishini yozgan edi.

Shuningdek