Kanadaning Condor Energies kompaniyasi O‘zbekistonda gaz qazib olishni ko‘paytiradi

eʼlon qilindi
Qazib olingan barcha yoqilg‘i o‘zbekistonlik iste’molchilarga beriladi
Foto: Vision.si / depositphotos.com

Kanadaning neft va gaz kompaniyasi Condor Energies Inc. Oʻzbekiston hukumati bilan mamlakatimizdagi sakkizta gaz kondensati konida yoqilgʻi ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha shartnoma tuzdi, deb xabar qildi Condor Energies matbuot xizmati.

Kanada kompaniyasining taʼkidlashicha, qazib olingan gaz Oʻzbekiston ichki bozoriga yetkazib beriladi.

«Bizning rejamiz konlarni optimallashtirish va uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun tasdiqlangan texnologiyalar va tekshirilgan amaliyotlarni joriy qilishni o‘z ichiga oladi»— dedi kompaniya prezidenti va bosh direktori Don Stru.

Respublikada gaz qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni 2024-yilning birinchi choragida boshlash rejalashtirilgan.

Condor Energies Inc. 2006-yilda asos solingan. Kompaniya Turkiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonda neft va gazni qidirish va qazib olish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda mamlakatimizda 46 mlrd kub metr gaz ishlab chiqarilgan. Yil davomida bu ko‘rsatkichlar 9,4 foizga kamaydi.

Avvalroq, «Kursiv» Xitoyning CNPC kompaniyasi O‘zbekistonda yer osti gaz omborlarini qurishda ishtirok etishi mumkinligini e’lon qilgan edi.

Shuningdek