OTB iqlimni moliyalashtirish uchun rekord darajadagi $9,8 mlrd ajratdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilgi natijalar asosida
Foto: bworldonline.com

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2023-yilda iqlimni moliyalashtirish uchun rekord miqdorda — $9,8 mlrd ajratdi, deb xabar qildi xalqaro moliya instituti matbuot xizmati.

Iqlimni moliyalashtirish issiqxona gazlari chiqindilarini, xususan, «yashil» energiyadan foydalanish orqali kamaytirishga qaratilgan.

Bank global isish oqibatlarini kamaytirish uchun $5,5 mlrd, moslashish uchun $4,3 mlrd ajratdi.

OTB prezidenti Masatsugu Asakavaning aytishicha, o‘tgan yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lgan.

«Ushbu inqiroz energiya va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladi va moliyaviy muammolarni keltirib chiqaradi», dedi OTB prezidenti.

2019-yildan 2030-yilgacha bank iqlimni moliyalashtirish uchun $100 mlrd ajratish niyatida.

Avvalroq, «Kursiv» OTB O‘zbekistonga elektromobillarni ommalashtirish uchun $170 mln ajratishini yozgan edi.

Shuningdek