O‘zbekistonda dori vositalari reklamasi qoidalari kuchaytiriladi
O‘zbekiston telekanallari va radioda dori vositalari va biologik qo‘shimchalarini reklama qilish maxsus kengash bilan kelishilganidan so‘ng ruxsat etiladi, deb xabar qildi mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida reklama faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etiladi. Bu haqdagi qoida davlat rahbarining «Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida keltirilgan. Hujjat 23-yanvar kuni imzolangan.
Kuni kecha, Mirziyoyev mamlakatda farmatsevtika sanoatini tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda farmakologik nazorat tizimi yaratilishini e’lon qilgan edi. U 1-iyuldan ishlay boshlaydi.