Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonda konsullik xizmatlari markazi ochishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham
Foto: tatyanakaba/Depositphotos

Rossiya O‘zbekistonda konsullik xizmatlari ko‘rsatish markazi ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi «TASS» Rossiya TIV konsullik boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Klimovga tayanib.

Markazlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarda ham ishga tushirish rejalashtirilgan. Klimov, markazlar rossiyaliklar uchun kerakli hujjatni olish uchun muqobil imkoniyatga aylanishini qayd etdi.

TIV vakilining qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar ro‘yxatini shakllantirishda rus diasporasining kattaligi va konsullik xizmatlariga talab darajasi kabi omillar hisobga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda mamlakatimizga dam olish va hordiq chiqarish maqsadida 773,3 ming nafar xorijiy fuqarolar tashrif buyurgan. Sayyohlik oqimining asosiy qismi rossiyaliklardan kelgan – 235,3 ming kishi.

Avvalroq, «Kursiv» Rossiyaga 2,6 ming O‘zbekiston fuqarosi ko‘chib kelganini yozgan edi.

Shuningdek