1-fevral, payshanba kuni «Soliq» mobil ilovasida profilaktika ishlari olib borilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi.
Texnik xizmat ko’rsatish tufayli xizmat vaqtincha ishlamay qolishi mumkin. Ish tugagandan so’ng, dastur avvalgidek ishlay boshlaydi.
Avvalroq, «Kursiv» keshbek olish uchun limit belgilaganini yozgan edi.