Yil boshidan beri Alisher Usmonovning boyligi qanday oshdi
Bloomberg Billionaires Index maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvarida asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning boyligi $29,4 millionga oshib, $21,1 milliard tashkil qilgan.
Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik tadbirkorlarning umumiy kapitali 2024-yil boshidan buyon $7,953 milliardga oshdi.
Joriy yilning birinchi oyida «Severstal»ning asosiy aksiyadori Aleksey Mordashov o‘z boyligini $2,14 milliardga oshirib, $23 milliardga yetkazdi.«NLMK» guruhi rahbari Vladimir Lisin o‘z boyligiga $1,35 milliard dollar qo‘shib, hozirda $25,3 milliardga ega.
«Lukoyl» asoschisi Vagit Alekperov o‘z kapitalini $838 millionga oshirib, $25,5 milliardga yetkaza oldi.
Avvalroq, Singapur Shveytsariyaning Julius Baer banki reytingida badavlat kishilar uchun dunyodagi eng qimmat shaharga aylangani xabar qilingandi.