Dollarning narxi 12 450 so‘m darajasiga yetishiga oz qoldi
eʼlon qilindi
Uning qiymati 15 so‘mga ko‘tarildi
2-fevral kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 15,01 so‘mga ko‘tarildi va 12 448,01 so‘mni tashkil qildi. Mamlakatning Markaziy banki ham dollarni shu darajada belgiladi.
Respublika tijorat banklari AQSh valyutasini 12 360- 12 400 so‘mdan xarid qilib, 12 425 – 12 480 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1-fevral kuni davlat valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 12,76 so‘mga o‘sgan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar