Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi chorak finaliga start beriladi
2-fevral kuni Osiyo kubogi chorak final o‘yinlari boshlanadi. Toshkent vaqti bilan soat 16:30 Tojikiston Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. Soat 20:30 esa Avstraliya Janubiy Koreya bilan yarim finalga yo‘llanma uchun to‘p surishadi.
Ertaga, 3-fevral kuni soat 16:30 ushbu turnirda Eron va Yaponiya kuch sinashadi. Shuningdek, Soat 20:30 O’zbekiston musobaqa mezboni Qatar terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasi Qatarga qarshi bahsda himoyachi Abduqodir Husanov sariq kartochkalari soni ko‘paygani uchun chorak finalni o’tkazib yuboradi va hujumchilarimiz Eldor Shomurodov va Igor Sergeyev jarohatlari sababli musobaqani tark etishgan.
6-7-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan yarim final o‘yinlari bo‘lib otadi. 10-fevralda esa Osiyo Kubogi finali bo‘lib otadi.
Eslatib o‘tamiz, 30-yanvar kuni Osiyo Kubogi pley-off bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Tailand vakillari ustidan g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi.