Yangiliklar

Meta Sukerbergga $700 mln dividend to‘laydi

Tarixda birinchi marta
Foto: Showmetech

Meta kompaniyasi bosh direktori Mark Sukerbergga yiliga $700 mln dividendlar to‘laydi, deb xabar berdi Business Insider.

Nashrga ko‘ra, Sukerberg har chorakda $175 mln oladi.Shu bilan birga, mart oyidan dividendlar to‘lana boshlaydi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya o‘z tarixida birinchi marta bunday to‘lovlarni amalga oshirmoqda.

Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra dunyodagi eng boy 500 kishi reytingida Sukerberg beshinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi $142 mlrd baholangan va u bir yilda $14,5 mlrd ortiq daromad olgan.

Meta ham yaxshi natijalarga erishdi; 2023-yilning IV-choragida kompaniyaning daromadi $40,1 mrd yetdi, bu bir yil avvalgidan bir chorakga ko‘pdir.

Shu bilan birga, bir yil ichida kompaniyaning kapitallashuvi ikki baravardan ko‘proq o‘sib, $1 trln tashkil etdi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yilning dekabr oyi boshida Meta ikki yillik tanaffusdan so‘ng aksiyalarini sotishni boshlaganini e’lon qilgan edi.