NY Community Bancorp aksiyalarining keskin pasayishi butun bozorga ta’sir qildi
Amerikaning Nyu-York (NY) Community Bancorp bankining qimmatli qog‘ozlari ikki kun ichida taxminan 50 foizga arzonlashdi. Bu boshqa global moliyaviy tashkilotlar aksiyalarining pasayishiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi «Vedomosti».
NY Community Bancorp kotirovkalarining qulashi bank 2023-yilning IV-choragidagi natijalarini e’lon qilganidan keyin so‘dir . Ma’lum bo‘lishicha, bu uch oy davomida tashkilot 260 $mln yo‘qotgan.Bozor voqealarning bunday burilishlarini kutmagan edi: tahlilchilar xuddi shunday daromadni prognoz qilishgan.
Natijada NY Community Bancorp aksiyalari 37,67 foizga, ertasi kuni esa yana 13,29 foizga arzonlashdi.
NY Community Bancorp qimmatli qog‘ozlarining qulashi bozorga ta’sir qildi. Moliyaviy institutlarning aksiyalari tushib ketdi: Aozora Bank (21,5 foiz), National Australia Bank (2,2 foiz), Westpac (1,7 foiz) va ANZ (1 foiz).
Bundan tashqari, vaziyat Amerika mintaqaviy banklarining pozitsiyasini baholovchi KBW Bank Indexning 6 foizga pasayishiga olib keldi.
Avvalroq, «Kursiv» Volvo aksiyalari Polestarni moliyalashdan bosh tortgani uchun 20 foizga oshganini yozgan edi.