O‘zbekistonda o‘qituvchilarning ayrim to‘lovlari nolga tenglashtirildi
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish bilan bog‘liq fuqarolik da’volari uchun yig‘im to‘lashdan ozod etiladi. Bu norma «Pedagog maqomi to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan.
Shuningdek, ta’lim sohasi xodimlarining davlat organlarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlari ustidan ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda to‘lovlari nolga tushirildi.
Eslatib oʻtamiz, «Pedagogning maqomi toʻgʻrisida»gi qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatda 2023-yilda qabul qilingan. 2024-yil fevral oyi boshida mazkur hujjat davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan edi.
Qabul qilingan hujjatda o‘qituvchining huquq va majburiyatlari, ularni himoya qilish choralari ko‘rsatilgan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston bolalar ombudsmeni Surayyo Rahmonova o‘qituvchilarning psixologik holatini tekshirishni taklif qilgani haqida yozgan edi.