Andijondagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
eʼlon qilindi
Voqea 2 fevral kuni sodir bo'ldi
Andijonda 2-fevral kuni ko‘p qavatli uylardan birida gaz portlab, yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Voqea Iqbol mahallasidagi 39-uyda taxminan soat 18:13 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga 3 nafar yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelib, soat 18:27 da yong‘inni o‘chirishgan. Portlash oqibatida bir fuqaro halok bo‘lgan, yana biri kasalxonaga yotqizilgan.
Avvalroq, Qozog‘istonning Uralsk shahridagi kafeda gaz portlashi sodir bo‘lgani xabar qilingandi.