«Rokki» filmi yulduzi Karl Uezers vafot etdi
1-fevral kuni 76 yoshida amerikalik aktyor Karl Uezers to‘satdan vafot etdi, deb xabar bermoqda Deadline uning oilasi bayonotiga tayanib.
Karl uyqusida tinchgina vafot etdi, deydi oila a’zolari.
«Karl g’ayrioddiy hayot kechirgan ajoyib inson edi. U kino, televideniye, san’at va sportga qo’shgan hissasi bilan o’chmas iz qoldirdi va butun dunyoda va avlodlar o’rtasida tan olinadi. U suyukli aka, ota, bobo, sherik va do‘st edi», — deyiladi xabarda.
Karl Uezers Silvestr Stallonega qarshi to’qnash kelgan dastlabki to’rtta «Rokki» filmidagi Apollon Krid roli bilan mashhur bo’ldi. U «Yirtqich» filmida Jorj Dillon rolini, shuningdek «Happy Gilmore» va «Jor Nicky the Devil» filmlarida Chubbs Peterson rolini muvaffaqiyatli o’ynadi. Uezers «Mandalorian» filmida ham rol o’ynagan va uning Greef Karg rolidagi ijrosi Emmi mukofotiga nomzod bo’lgan.
Avvalroq, Boney M yaratuvchisi Frenk Farian vafot etgani haqida xabar berilgan edi.