Yangiliklar

Toshkent IESga atrof-muhitga etkazilgan zarar uchun 1,2 milliard so‘m jarima solindi

Ekologiya vazirligi korxona faoliyatini tekshirib, qonunbuzarliklarni aniqladi
Foto: Ekologiya vazirligi

Toshkent issiqlik elektr stansiyasi atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun 1 milliard 230 million so‘m tovon to‘lashi kerak, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.

Vazirlik aholining korxonadan chiqadigan zaharli chiqindilardan noroziligi fonida Toshkent issiqlik elektr stansiyasi faoliyatini tekshirdi. Ma’lum bo‘lishicha, issiqlik elektr stansiyalarida asosiy yoqilg‘i sifatida gaz, zaxira sifatida esa mazut ishlatilgan va shu sababli poytaxtni tutun qoplagan.

Jarimaning umumiy miqdoridan stansiya atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 759 million, tuproqni neft mahsulotlari bilan ifloslangani uchun 264 million to‘laydi.

Shuningdek, Ekologiya vazirligi tomonidan IESlarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. Tekshiruv davomida to’plangan hujjatlar sudga yuboriladi.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekiston zararli havo bilan qanday kurashishi haqida yozgan edi.