“Paxtakor”ni kim sotib olishga qiziqadi

eʼlon qilindi
“Kursiv” futbol tahlilchisi bilan suhbatlashdi
Foto: Paxtakor FK

Yanvar oyi o‘rtalarida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Paxtakor» futbol klubi sotilishini eʼlon qilgan va ikki kun o‘tib, jamoatchilik fikri tufayli savdosidan olib tashlangan edi. «Kursiv» futbol tahlilchisi va «Sport» telekanali sharhlovchisi Otabek Jo‘rayev bilan o‘zbek futbol klubining savdo va sarmoyaviy jozibadorligi haqida suhbatlashdi.

O‘zbek futbol klubi xorijlik investorlar uchun qanchalik jozibador

«Jozibadorlikning ikki turi mavjud: tijorat va imidj. Bugungi va kelajak uchun ham jozibadorlik mavjud. Agar biz uzoq vaqt o‘ylasak, avval tijorat tarafdan ko‘rib chiqsak. Maʼlum bo‘lishicha, siz 100 so‘m sarmoya kiritib, 200 so‘m olasiz. Biz investitsiyalar, biznes haqida gapirganimiz sababli, hozir gap pul haqida ketadi» – dedi Jo‘rayev.

Futbol tahlilchisining aytishicha, futbol klublari teletranslyatsiya sotishdan, shuningdek, abonement va atributlarni sotishdan daromad oladi. Bundan tashqari, homiylar bilan shartnomalar ham mavjud. Yana futbolchilarni sotishdan transferdan daromad topadi. «Paxtakor» futbol klubining o‘z maydonidagi o‘yinlardagi o‘rtacha tashrifiga eʼtibor qaratsangiz, u yerdagi statistika eng zo‘r emas. Jurayev maʼlumotlarga ko‘ra, hattoki 5 ming kishi ham stadionga kelmaydi, bu daromad kamligidan dalolat beradi.

Biroq, hozirgi vaqtda translyatsiya huquqlari telekanallar tomonidan sotib olinmaydi, dedi mutaxassis. Qolaversa, professional futbol ligasi, aksincha, turnirni ko‘rsatish uchun futbol klublariga qo‘shimcha pul to‘lashi kerak.

«Mamlakatimizdagi eng ko‘p tashrif buyuradigan stadion Namanganning Navbahor stadioni. Bitta chipta narxini 1 dollar deb hisoblasak ham o‘rtacha har bir o‘yinga 15 mingta muxlislar tashrif buyurishadi. Aytaylik har bir o‘yinga 15 ming dollar va buni 13 ga ko‘paytiramiz (Superliga turnirida 13 ta o‘yin klubning o‘z stadionida bo‘ladi). Bu klublarning xarajatlarini qoplamaydi. Men hatto abonementlar haqida gapirmayapman. Homiylar bilan ishlashga kelsak, ular qancha olishlarini aniq bilmayman, lekin u yerda ham pul ko‘p emas», – deb xulosa qildi u.

Shu bois, tijorat komponenti nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, nafaqat «Paxtakor», balki O‘zbekistonning boshqa futbol klublari nafaqat daromad olishmaydi, balki xarajatlar uchun ishlaydi.

Qaysi investorlar «Paxtakor»ga qiziqish bildirishi mumkin

«O‘z imidjiga g‘amxo‘rlik qilayotgan kompaniyalar yoki odamlar klub sotib olishga qiziqishi mumkin. Masalan, Saudiya Arabistoni o‘z mamlakatining jozibadorligini kuchaytirish uchun hozir futbol bilan faol shug‘ullanmoqda. Biroq «Paxtakor»ga kim qiziqish bildirishini aytish qiyin» – dedi Otabek Jo‘rayev

Unga ko‘ra, klub besh yildan so‘ng daromad olishni boshlashi mumkin, ammo bu juda kam pul bo‘ladi.

«Shu bois fikrimni umumlashtirib aytadigan bo‘lsam, o‘zbek futboli xorijlik sarmoyadorlar uchun hech qanday qiziqish uyg‘otmaydi. Tug‘ilib o‘sgan joyi O‘zbekiston bo‘lgan investorlar aynan shu yerdan biznesini boshlagan va sarmoyador bo‘lib o‘zining ona vatanidagi jamoaga sarmoya kiritishi mumkin. unday holatlar ham bo‘lib turadi va bu yerda yana o‘zini imidj nazaridan ko‘rsatish imkoniyati mavjud», – dedi ekspert.

«Paxtakor» narxi

«Paxtakor»ning qurilish osti maydoni 83 332,73 kv.m, foydali maydoni 24 262,57 kv.m tashkil etadi. Stadion Shayxontohur tumani Islom Karimov ko‘chasida joylashgan.

«Paxtakor» nafaqat O‘zbekistonda, balki butun sobiq ittifoqda brend bo‘lib qolmoqda. Ko‘chmas mulk va inventarlardan tashqari, «Paxtakor» tarixiy komponentga ega, shuning uchun bularning barchasi narxga taʼsir qiladi» – deb yakunladi Otabek Jo‘rayev.

Shuningdek