2023-yilda Oʻzbekiston 31 davlatdan avtomobillar import qilingan
eʼlon qilindi
Statisitka agentligi hisoboti aniqladi

Statistika agentligi hisobotiga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston uchun asosiy avtomobil yetkazib beruvchilar Xitoy, Janubiy Koreya va AQSh bo‘lgan.
Xitoydan—58 076 ta, Janubiy Koreyadan — 11 481 ta va AQShdan — 2 210 ta avtomobil yetkazib berilgan. Bundan tashqari, Gonkong (454) , Yaponiya (419), Germaniya (228), Hindiston (65) , BAA (64) va Buyuk Britaniyadan (49) ham mashinalar yetkazilgan.
Boshqa davlatlar birgalikda 158 ta avtomobil yetkazib bergan.
Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yilda O‘zbekistonda qancha avtomobil ro‘yxatdan o‘tganligini e’lon qilgan edi.