Yangiliklar

Dollar qiymati yana rekord o‘rnatdi

Valyuta birjasida narx 12 469,89 so'mga yetdi
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston valyuta birjasida dollarning oʻrtacha kursi yana oshdi. 5-fevraldagi narx 21,88 so‘mga oshib, 12 469,89 so‘mga yetdi. O‘zR Markaziy banki ham kursni shu darajada belgilagan.

Respublika tijorat banklari 5-fevral kuni AQSh valyutasini kassalar orqali 12 380- 12 410 so‘mdan xarid qilib, 12 460 – 12 510 so‘mdan sotishmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan hafta oxirida birjada dollarning o‘rtacha tortilgan kurs 15,01 ga oshib, 12 448,01 so‘mga yetganini yozgan edi.