Freedom banki Orol muammosiga bag‘ishlangan kartani taqdim etdi

eʼlon qilindi
10 foizlik keshbek bilan
Foto: Aydos Jumagulovning Facebook sahifasi

Freedom Holding Corp asoschisi va rahbari Timur Turlov Digital Almaty IT forumida Freedom Bank kartasini taqdim etdi. Orol dengizi jamg‘armasiga tushadigan 10 foizlik keshbek haqida bank direktorlar kengashi raisi maslahatchisi Aydos Jumagulov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Hozircha Orol dengizi dizayni aks etgan kartani faqat kartomat uskunasida chiqarish mumkin, fevral-mart oylarida biz oʻzimizning va hamkor boʻlgan barcha manzillarda apparatlarni joylashtirishni boshlaymiz», – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Orol dengizi jamg‘armasi 1993-yilda tashkil etilgan. Tashkilot ta’sischilari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondir. Jamg‘arma Orol fojiasidan zarar ko‘rgan hududlarni ekologik va iqtisodiy tiklashga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqadi va moliyalashtiradi.

2024-yil yanvaridan Orolni qutqarish jamg‘armasiga raislik Qozog‘istonga o‘tdi.

Avvalroq, «Kursiv» 2024-yilda Orol dengizi tubiga saksovul ekilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek