O‘zbekiston Markaziy banki dekabr oyida oltin sotib olishga qaytdi

eʼlon qilindi
World Gold Council ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: bashta/Depositphotos

O‘zbekiston Markaziy banki 2023-yil dekabr oyida oltinning eng yirik xaridorlaridan biriga aylandi, deb xabar berdi Jahon oltin kengashi (World Gold Council).

Shu vaqt ichida O‘zbekiston regulyatori to‘qqiz tonna qimmatbaho metal sotib oldi va bu jahon markaziy banklari orasida ikkinchi natijaga aylandi. Turkiya Markaziy banki yetakchilik qilmoqda – 19 tonna, Xitoy Xalq banki mamlakatimiz bilan ikkinchi o‘rinda – to‘qqiz tonna harid qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr-noyabr oylarida O‘zbekiston Markaziy banki qimmatbaho metallarning eng ko‘p sotuvchisi bo‘lgan edi. Ushbu ikki oy davomida regulyator jami 22 tonna oltin sotgan.

O‘zR Markaziy banki 2023-yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra oltin xarid qilish bo‘yicha jahonning yetakchi beshta markaziy banki qatoriga kirdi. Keyin regulyator beshinchi o‘rinni egalladi. Bu davrda O‘zR Markaziy banki yetti tonna sotib oldi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yili O‘zbekiston $8,1 mlrd oltin eksport qilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek