Yangiliklar

O‘zbekistonda qaysi soha mutaxassislari yetishmaydi

Mehnat tadqiqotlari instituti Loyiha ofisiga qo‘shiladi
Foto: Peopleimages. com / depositphotos.com

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta’lim sohasidagi muammolarni tilga olib, respublikada qanday mutaxassislar yetishmayotgani haqida gapirdi.

Universitetlar kredit tizimiga o‘tdi, ammo talabalarning qobiliyatini baholash usullarini ishlab chiqish kerakligi haqida so‘z bordi.

Bu yil 122 ta yirik loyiha ishga tushiriladi. Shuning uchun yaqin orada 10 ming muhandis-texnologlar kerak bo‘ladi.

 Universitetlarda bunday mutaxassislar tayyorlash atigi 20 foizni tashkil etadi. «El-yurt umidi” jamg‘armasi muhandis kadrlar tayyorlash faoliyatini faollashtirishi kerak. Xorijda tahsil olayotgan talabalarning atigi 9 foizi muhandislik darajasiga ega. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ish beruvchilarda katta ehtiyoj, talabalarda salohiyat va xohish bor. Shuning uchun ish beruvchilar va talabalarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida texnikum va oliy o‘quv yurtlarini ish beruvchilar bilan samarali bog‘lashning yangi tizimi yaratiladi. 

Shuningdek, Loyiha ofisi rahbari Kasbiy bilim va malakalarni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashiga ham rahbar bo‘ladi. Bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat tadqiqotlari instituti esa Loyiha ofisiga qo‘shiladi.

Ular Oliy ta’lim vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizda talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha mutaxassislar, jumladan, konstruktorlar, texnologlar, me’morlar, muhandislar va energetiklar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustida ish olib boradi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yili voyaga yetmaganlar tomonidan 3,5 ming jinoyat sodir etilgan va vaziyatni yaxshilash maqsadida maktab psixologi inspektorlarini Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazishga qaror qilinishini e’lon qilgan edi.