Termizda yuk mashinalari harakati cheklandi
eʼlon qilindi
Sakkiz tonnadan ortiq mashinalarga

O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati hokimligi Termiz shahrida yuk ko‘tarish quvvati sakkiz tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalarining harakatlanishini chekladi, deb xabar berdi viloyat IIB o‘zining Telegram-kanalida.
Bu chora xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2023-yil 22-dekabrdagi qarorida nazarda tutilgan. Shu bilan birga, «alohida hollarda» yuk mashinalarining Termiz yo‘llarida harakatlanishiga ruxsat beriladi. Bu mahalliy hokimiyat organlari bilan muvofiqlashtirishni talab qiladi.
Avvalroq, «Kursiv» 2024-yil aprelidan O‘zbekistonda og‘irligi o‘n tonnadan ortiq yuk mashinalari va tirkamalardan yo‘l haqi joriy etilishini yozgan edi.