5-fevral kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda tibbiyot sohasidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish haqida chora-tadbirlar tashkil etish zarurligini qayd etdi.
Oxirgi uch yil ichida onkologik kasalligiga chalingan bemorlarga 29 turdagi kimyoterapiya va target terapiya preparatlari taqdim etildi, biroq yetkazib berishning kechikishi tufayli ba’zi bemorlar dorixonalardan 10 barobar qimmatga sotib olishga majbur boʻlishdi.
«Mana – farmatsevtikadagi o‘yinlar! Bu faqat onkologiyada. Endokrinologiya, kardiologiya, shoshilinch xizmatda ham bunday faktlar yetarli» — dedi prezident.
Bosh prokuraturaga dori vositalari ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish, shuningdek, o‘z vaqtida yetkazib berilmagan 17 turdagi dori vositalari bo‘yicha o‘rganishlar olib borish vazifasi va jazolash yuklatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga bir necha oy davomida omborlarda yotgan dori-darmonlarni saralash va saraton kasalligiga chalinganlar uchun dori-darmonlarni yo‘naltirishning «buyurtmachi – xaridor – yetkazib beruvchi – bemor» asosida shaffof marshrut tizimini yaratish vazifasi qo‘yilgan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonning gigiyena normalari jahon standartlari darajasiga yetkazilishini e’lon qilgan edi.