Dollar yana ko‘tarildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Valyuta birjasida narx 12 488 so‘mga yetdi
                    
                            
6-fevral kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan kursi 14,11 so‘mga ko‘tarildi va 12 484,00 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki Amerika valyutasining kursini bir xil darajada belgiladi.
Bugun mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 410- 12 430 so‘mdan xarid qilib, 12 470 – 12 530 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5-fevral Oʻzbekiston valyuta birjasida dollarning oʻrtacha kursi oshdi. Narx 21,88 so‘mga oshib, 12 469,89 so‘mga yetdi.
