Yangiliklar

Dollar yana ko‘tarildi

Valyuta birjasida narx 12 488 so‘mga yetdi
Foto: alfexe / depositphotos.com

6-fevral kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan kursi 14,11 so‘mga ko‘tarildi va 12 484,00 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki Amerika valyutasining kursini bir xil darajada belgiladi.

Bugun mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 410- 12 430 so‘mdan xarid qilib, 12 470 – 12 530 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5-fevral Oʻzbekiston valyuta birjasida dollarning oʻrtacha kursi oshdi. Narx 21,88 so‘mga oshib, 12 469,89 so‘mga yetdi.