Germaniya Moliya vazirligi rahbari mamlakatdagi qashshoqlik haqida gapirdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya iqtisodiyoti raqobatbardosh emas
Foto: Global Look Press

Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner Germaniya iqtisodiyotining qulashini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qashshoqlashib bormoqda va iqtisodiyot «raqobatbardosh» emas, deb yozadi Bloomberg.

Moliya vazirligi rahbarining bayonoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan e’lon qilingan Germaniyaning 2024-yilda iqtisodiy o‘sishi prognozi fonida aytilgan. Tahlilchilar bu ko’rsatkichlarni deyarli yarmiga – 0,3 foizga qisqartirishdi.

Bugungi kunda ishlab chiqarish koronavirus davrini hisobga olmaganda, 2008-yilgi global moliyaviy inqirozdan keyingi eng past natijalarni ko‘rsatmoqda, deb yozadi nashr.

«Hukumat bu tahlildan hech qanday xulosa chiqarmasligi men uchun tushunarsiz», – deya qo‘shimcha qildi Lindner.

Lindnerning fikricha, muammoni moslashuvchan mehnat bozorlari va byurokratiyani kamaytirish orqali hal qilish mumkin. U davlat ijtimoiy bozor iqtisodiyotiga kelishi kerak, deb hisoblaydi.

Avvalroq, «Kursiv» Germaniya O‘zbekiston fuqarolari uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni ochilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek