Huawei suniy intelekt (SI) chiplari uchun smartfon ishlab chiqarishni qurbon qiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Oldinroq kompaniya telefon savdosini oshirishga muvaffaq bo‘lganiga qaramay
Foto: Reuters

Xitoyning Huawei kompaniyasi sun’iy intellektga (SI) e’tiborni qaratishga qaror qildi, chunki SI chiplariga bo‘lgan talab ortib borayotgani va zavod quvvati yetishmasligi sababli Mate 60 smartfonlarini ishlab chiqarish zarariga, deb xabar bermoqda Reuters.

Kompaniya SI uchun Ascend AI chiplarini va smartfonlari uchun Kirin bitta zavodda ishlab chiqaradi. Bu chiplar Huawei’ning mahsulotlari.

Aytish joizki, ishlab chiqaruvchi so‘nggi uch yil ichida birinchi marta savdo hajmini oshirishga muvaffaq bo‘lganiga qaramay, smartfonlar ishlab chiqarishni sekinlashtirdi.

2019-yilda AQSh sanksiyalari Huawei’ning chiplar ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarga kirishini chekladi. Natijada kompaniya mahalliy alternativlarga o‘tishga majbur bo‘ldi.

AQShning ushbu cheklovlari fonida Xitoy rasmiylari data-markazlari ishga tushirilishini e’lon qilishdi, shu bilan birga SI uchun chiplar, jumladan Huawei Ascend uchun talabni rag‘batlantirishdi.

Avvalroq, «Kursiv» Apple kompaniyasi Xitoyda iPhone smartfonlarining rekord darajada sotuvi haqida xabar bergan edi. Bu eʼlon investorlar tomonidan mahalliy kompaniyalar, xususan, Huawei kompaniyasining kengayishi bilan bogʻliq xavotirlar ortidan paydo boʻldi.

Shuningdek