Yangiliklar

Namanganda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarish to‘xtatildi

Sex tez tibbiy yordam bo‘limi feldsheriga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi
Foto: Piqsels

Namangan viloyatida dori vositalari ishlab chiqaradigan yashirin sex aniqlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX).

Tekshiruv davomida sex Chortoq tumani tez tibbiy yordam bo‘limi feldsheriga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tibbiy mutaxassisning uyidan 6,8 ming o‘ramdan ortiq «Anaferon», «Zodak» va B6 vitamini, shuningdek, 570 shisha noma’lum sirop topdilar.

Shuningdek, qo‘lga olingan shaxsning yaqinlarining uylaridan qalbaki dori-darmonlar olib qo‘yildi.

Ayblanuvchi dorilarni Andijon viloyatiga sotishni rejalashtirgan. Unga nisbatan dori vositalarini noqonuniy ishlab chiqarish va sotish aybi bilan jinoiy ish ochilgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/02/dhh-namanganda-qalbaki-dorilar.mp4
Video: O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati

Avvalroq, Kursiv vafot etgan bolalardan birining otasi Doc-1 Max ishi bo‘yicha sudlanuvchilardan 500 milliard so‘m so‘ragani haqida yozgan edi.