Ohangaron hokimi iste’foga chiqdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
U bu lavozimda to‘rt yil ishlagan
Ohangaron shahri hokimi Akrom Eshonqulov shahar hokimi lavozimini tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda Ohangaron hokimligining Telegram-kanalida xabar berildi.
«Ish jarayonlarida birontangizni ranjitgan bo’lsam barchalaringizdan uzr so’rayman. Xayr Ohangaron shahrim. Xayr jonajon shahrim»- deb hayrlashdi Eshonqulov.
Murojaatda u ohangaronliklar va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham minnatdorlik bildirdi.
Eshonqulov 2020-yilning iyunidan 2024-yilning fevraligacha Ohangaronni boshqargan.
Avvalroq, «Kursiv» Shahrisabz xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sherzod Bo‘riev shaharning yangi rahbari etib saylangani haqida e’lon qilgan edi.