O‘zbekistondagi 10,9 mingta qurilish kompaniyasida bitta odam ishlaydi
eʼlon qilindi
Savdo-sanoat palatasi ma’lumotlariga ko‘ra

34,5 mingta qurilish-montaj korxonasining 10,9 mingtasida bir nafar ishchi faoliyat ko‘rsatmoqda, dedi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov tadbirkorlar uchun o‘tkazilgan seminarda.
4,1 ming korxonada ikki kishi, 5,5 mingta korxonada 4-10 nafar xodim ishlaydi.
O‘tgan yil yakunida qurilish tashkilotlari tomonidan 150 trln so‘mlik ishlar amalga oshirildi. 70 foizdan ortig‘i uy-joy va ijtimoiy soha obyektlari qurilishiga sarflandi.
Bu sohada jami 417 mingdan ortiq kishi ishlaydi, – dedi Vahobov.
Avvalroq, «Kursiv» 2024-yil yanvar oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilish rahbarlari ishini tanqid qilgani haqida yozgan edi.