Qozog‘iston hukumatini Oljas Bektenov boshqaradi

Qozog‘iston bosh vaziri lavozimiga Oljas Bektenov tayinlandi, bu haqdagi farmonni respublika prezidenti Qosim-Jomart Tokayev imzoladi.
Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati rahbari lavozimida ishlagan.
Bektenov 1980-yilda Olmaota shahrida tug‘ilgan. Qozog‘iston davlat yuridik akademiyasini tamomlagan. O‘tgan yillar davomida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, Ostona davlat xaridlari departamenti va respublikaning boshqa idoralarida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, 5-fevral kuni Qosim-Jomart Toqayev Vazirlar Mahkamasining isteʼfosi toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi. 2022-yildan 2024-yil fevraligacha mamlakat hukumatini Alixon Smoilov boshqargan.
Avvalroq, «Kursiv» Qozog‘iston hukumati «ArcelorMittal Temirtau» bilan hamkorlikni to‘xtatishi haqida yozgan edi.