Yangiliklar

Snap kompaniyasi xodimlarining 10 foizini ishdan bo‘shatadi

U ishdan bo‘shatish nafaqalari uchun $75 milliongacha sarflashi kerak bo‘ladi
Foto: Unsplash

Snapchat xabar almashish ilovasiga egalik qiluvchi Snap kompaniyasi 500 dan ortiq xodimlarini ishdan bo’shatishini ma’lum qildi, deb xabar berdi The New York Times.

Ishdan bo’shatishlar Snap ishchi kuchining 10%ga ta’sir qiladi. Aksariyat xodimlar 2024-yilning birinchi choragida ishini yo‘qotadilar.

«Biz jamoamizni qayta qurish bo’yicha qiyin qaror qabul qildik», – deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniya ishdan bo’shatilgan xodimlarga ishdan bo’shatish nafaqasi va tegishli xarajatlarni to’lash uchun $55 milliondan $75 milliongacha kerak bo’ladi.

Avvalroq boshqa texnologiya kompaniyalari, jumladan, Google, Microsoft va Amazon ham ishdan bo’shatish haqida e’lon qilgan edi. «Kursiv» avvalroq SAP nemis dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi xodimlarini qisqartirish haqida yozgan edi.