AQShda sport striming platformasi paydo bo‘ladi
Media korporatsiyalari Disney, Fox va Warner Bros. Discovery sport striming platformasini yaratadi, deb xabar berdi Reuters.
Ular xizmatni 2024 yilning kuzida ishga tushirmoqchi. Televizion sport musobaqalarini tomosha qilmaydigan yosh tomoshabinlarni jalb qilishi kutilmoqda.
Foydalanuvchilarga ESPN, TNT va FS1 kabi televizion kanallarni o’z ichiga olgan dasturiy paketni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Media tahlilchisi Maykl J. Vulfning so‘zlariga ko‘ra, Disney, Fox va Warner Bros. bu pullik televideniega obuna bo‘lmagan, lekin Internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan 40 mln amerikalik uy xo‘jaliklarini qamrab olishi mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» Amerikaning Netflix striming xizmati koreys seriallarini suratga olish uchun $2,5 mlrd sarmoya kiritishini e’lon qilgan edi.