“Avatar” hikoyasi beshinchi film bilan yakunlanmaydi
Kinorejissyor Jeyms Kemeron beshinchi film ustida ishlashni tugatgandan so’ng Avatar olamini rivojlantirishni davom ettirmoqchi. Ilgari bu film oxirgi bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Kemeron bu haqda People nashriga bergan intervyusida gapirdi.
«Biz beshinchi filmning ssenariysini yakunladik va menda oltinchi va yettinchi filmlar bo‘yicha g‘oyalarim bor, garchi bu bosqichda men estafetani ko‘proq (boshqa rejissyorga – tahr.) uzataman», dedi Kemeron.
U Avatar olamida ishlashdan zavqlanganini va vaqt o‘tishi bilan franchayzing «Yulduzlar jangi» va «Samoviy yo‘l» kabi avlodlarga bir xil madaniy ta’sir ko‘rsatishiga umid bildirdi. Ammo buning uchun uning rivojlanishiga «butun borlig‘ini va bor kuchini» sarflashi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, «Avatar» filmining uchinchi qismi 2025-yilda, to‘rtinchisi 2029-yilda va beshinchisi 2031-yilda chiqishi kutilmoqda. Kemeron hozir 69 yoshda.
Birinchi Avatar 2009-yilda chiqarilgan. U butun dunyo bo‘ylab kassa rekordini o‘rnatgan edi va Kemeronning avvalgi, juda muvaffaqiyatli «Titanik» filmini ortda qoldirdi. Bundan tashqari, film uchta Oskar mukofoti oldi: operator ishi, vizual effektlar va pastanovkachi-rassom mehnati uchun.
«Avatar: Suv yo‘li» filmining sikveli 2022-yilda namoyish etilgan.