Britaniyaning AGT Poortman o‘zbek moshiga qiziqish bildirdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Korxona O‘zR’dan 10 ming tonna dukkakli don mahsulotini xarid qilmoqchi
Foto: Unsplash

Britaniyaning AGT Poortman kompaniyasi o‘zbek moshini import qilishga tayyor. Bu haqda kompaniya vakili Jeyms Xalford ma’lum qildi.

AGT Poortman kompaniyasi O‘zbekistondan 10 ming tonna dukkakli ekinlarni xarid qilmoqchi. Kompaniya bu borada O‘zR O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi bilan muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda.

Xalford kompaniya tomonidan olib borilgan marketing tadqiqotlari natijalari O‘zbekiston mahsulotlarining Britaniya bozorida raqobatbardoshligini ko‘rsatganini alohida ta’kidladi.

AGT Poortman dunyodagi eng yirik oziq-ovqat yetkazib beruvchilaridan biri – AGT Food and Ingredientsning sho’ba korxonasidir. AGT Poortmanning yillik aylanmasi $2 mlrd tashkil etadi.Kompaniya 120 dan ortiq mamlakatlarga yasmiq, loviya va no‘xat yetkazib beradi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zR bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi besh yil ichida ikki barobarga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek