Yangiliklar

Dollar deyarli 26 so‘mga arzonlashdi

Valyuta birjasidagi narx 12 458,02 so‘m
100 dollar bills on wooden background

7-fevral kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan kursi 25,198 so‘mga tushdi va 12 458,02 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki Amerika valyutasining kursini bir xil darajada belgiladi.

Bugun mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 395 – 12 430 so‘mdan xarid qilib, 12 470 – 12 545 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6-fevral Oʻzbekiston valyuta birjasida dollarning oʻrtacha kursi ko‘tarildi. Narx 14,11 so‘mga oshib, 12 484,00 so‘mga yetdi