Donald Tramp immunitetdan mahrum qilindi

eʼlon qilindi
Bu haqda sudyalar bir qarorga kelishdi
Foto: samael1986/Depositphotos

Federal apellyatsiya sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga jinoiy immunitet berishdan bosh tortdi, deb xabar berdi CNN.

Qaror uchta sudyadan iborat hay’at tomonidan bir ovozdan qabul qilindi. Biroq, Oq uyning sobiq egasi bu haqda shikoyat qilishi mumkin.

Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovlari natijalarini bekor qilishga uringanlikda gumon qilinmoqda. Bu ish bo‘yicha sud jarayoni 2024-yil 4-martga belgilangan.

Avvalroq, AQSh okrug sudyasi Tanya Chutkan sud jarayonini 2026-yilning apreliga ko‘chirish haqidagi iltimosni rad etgan edi. Shuningdek, u sud jarayonini joriy yilning yanvar oyida boshlashga rozi bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Tramp Respublikachilar partiyasi ichidagi saylovning birinchi bosqichida g‘alaba qozongan edi.

Avvalroq, «Kursiv» Kolorado shtati Trampga AQSh prezidentlik saylovlarida qatnashishni taqiqlaganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek